O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, joriy yilning 12-15 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi mumkin.

Foto: Zed News

12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi).

Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari -3…-8 darajacha, kunduz kunlari 0…+5 darajagacha, shimolda kechalari -7…-12 darajagacha, ba’zi joylarda -14…-16 darajagacha, kunduz kunlari +2…-3 darajagacha pasayadi.