Iroq hukumati o’z hududida AQSh boshchiligidagi xalqaro terrorizmga qarshi koalitsiya jangovar missiyalarining tugashini va ittifoqning jangovar qismlarini mamlakatdan olib chiqishni rasman e’lon qildi. Bu haqda Eron telekanali Al-Sumaria ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Iroqning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Qosim Al-Araji Iroqdagi koalitsion kuchlarning jangovar missiyasining yakunlanishi va mamlakatni tark etishini ma’lum qildi.

Al-Araji so’zlariga ko’ra, “xalqaro koalitsiya bilan aloqalar (qurolli kuchlar xodimlari) va maslahat berish sohasida davom etadi”.

5-yanvar kuni Iroq parlamenti mamlakat hududidan barcha xorijiy qo’shinlarni to’liq olib chiqish talabi bilan qaror qabul qildi. 26-iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Iroqdagi AQSh harbiy missiyasi yil oxirigacha tugashini aytgan, biroq ikki mamlakatning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorligi davom etadi.