Bugun Gonkong universitet olimlari koronavirusning “omikron” shtammini mikroskop yordamida olingan suratini eʼlon qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Foto: RIA Novosti

Tibbiyot olimlari, patologlar hamda virusologlar “SARS-CoV-2″ning omikron shtammi bilan kasallangan maymun “Vero E6” buyrak hujayrasini elektron mikrofotografiyasini olishga muvaffaq bo’lishdi.

Tadqiqotchilarning so’zlariga omikron shtammi kichik qoro sharsimon pufakchalardan iborat bo’lib, inson ichki hujaylariga zarar berishini takidlashgan.

Yuqori kattalashtirilganda ushbu qora sharsimon pufakchalarning yuzasida tojsimon tikanlar mavjud va ular inson organizimi uchun juda zararli ekanligini qayd etishgan.

Avvalroq universitetning tadqiqotchilari yangi shtammga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish imkonini beradigan klinik namunalardan “omikron”ni ajratib olishga muvoffaq bo‘lishgan edi.

Yangi “B.1.1.529” shtammi 20-noyabrda Janubiy Afrikada qayd etilgan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur bo’lgan S-oqsilidagi o’nlab mutatsiyalar mavjud.

Taxminlarga ko’ra, “B.1.1.529” dastlab immuniteti zaif bo’lgan hamda OITS va OIV bilan kasallangan odamlarda kuzatilgan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti “B.1.1.529″ni “xavotirli” deb tobdi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, yangi shtamm emlanganlarga ham yuqishi mumkin. Bu kasallikning birinchi belgilari charchoq, bosh va tanadagi og’riqlardir.