Samarqand viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, kecha, 18-noyabr kuni soat taxminan 22:30 da haydovchi A.I. boshqaruvida bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobus avtomashinasi 20 nafar yo‘lovchi bilan Oqdaryo tumanida “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lida ag‘darilib ketgan.

Foto: Skrinshot

Qayd etilishicha, haydovchi avtobusni boshqarib kelayotgan vaqtida, asfalt qismi sirpanchiq bo‘lganligi natijasida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismidagi pastlikka transport vositasi ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar A.B. va F.R.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan va hozirda mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokuraturasining bayonotida qolgan 18 nafar yo‘lovchining ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Mavzuga doir:
Sergelida yonib ketgan “Matiz” avtomobili haqida ma’lumot berildi
Jizzaxda “Howo” yuk mashinasi yonib ketdi
Farg’onada 4-sinf o’quvchisi “Damas”da 2 yoshli qizaloqning umriga zomin bo’ldi