2020-yil uchun xalqaro miqyosda e’lon qilingan Global ochlik indeksida 107 ta mamlakat ishtirok etdi.

O‘zbekiston mazkur reytingda eng yaxshi deb topilgan 47 ta mamlakatlar qatorida 6,7 ball bilan 30 o‘rinda qayd etildi. 2019-yilda ushbu reytingda O‘zbekiston 10,7 ball bilan 48 o‘rinda ko‘rsatib o‘tilgandi.
Bu indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:
- to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi
Avvalroq, Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligidan joy olgani haqida xabar bergandik.