Avvalroq, Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida oʻtkazilgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” 16-vazirlar uchrashuvida ishtirok etgani haqida xabar bergandik.

Foto: Sputnik

Yevropa tashqi aloqalar xizmatining aniqlik kiritib oʻtishicha, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasiga sogʻliqni saqlash tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy sohasi shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun 134 million yevro byudjetga ega boʻlgan “Team Europe” moliyaviy yordamini ajratgan.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari uchun islohotlar jarayonida sherik sifatida oʻz rolini kuchaytirishga, ularning global savdo tizimiga integratsiyalashuvi va oʻzaro yaqin hamkorlik qilish harakatlarini qoʻllab-quvvatlash niyatini tasdiqlagan.

Tovarlar va xizmatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish borasidagi munosabatlarni yaxshilash orqali savdo-iqtisodiy sohadagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Afgʻonistonda mustahkam tinchlikning oʻrnatilishi butun mintaqa barqarorligi va farovonligi kafolati boʻlib xizmat qilishi taʼkidlangan. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali mazkur mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilinishi afgʻon muammosining tez fursatlarda bartaraf etilishi uchun zarur sharoitni yaratadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri madaniy-gumanitar, turizm, fan, ta’lim va innovatsiya sohalaridagi ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga ham batafsil to‘xtaldi.

Vazirlar uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.

Mavzuga doir:
Abdulaziz Komilov AQShga tashrifi doirasida USAID rahbari bilan uchrashdi
TIV rahbari Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi