Xitoyning Xunan provinsiyasining Miluo shahrida gaz portlashi oqibatida 34 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Sinxua axborot agentligi.

Foto: Google

Hodisa chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Miluodagi restoranda sodir bo‘ldi. Portlash va uning natijasida kelib chiqqan yong‘in tufayli 34 kishi jarohat oldi.

Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yetkazilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Portlash joyida gaz ballonining parchalari topilgan.

Politsiya favqulodda vaziyat sabablarini tekshirmoqda.

Mavzuga doir:
Xitoydagi o‘zbekistonliklar Janubiy Koreya orqali yurtga qaytishlari mumkin
Xitoyning 54 shahrida havo ifloslandi