“UzAuto Motors” AJ 2020-yilning sentabr-yanvar oylarida davlatga 600 mlrd. so‘mga yaqin yig‘imni to‘lamagan. Bu haqda Hisob palatasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi va 2021-yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasida aytib o‘tilgan.

Foto: Uzreport

Hisob palatasining ma’lum qilishicha, “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida yig‘im to‘lanmasdan kelinmoqda.

Masalan, “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2020-yilning yanvar-sentabr oylarida 582,6 mlrd. so‘m yig‘im to‘lanmagan.

Shu sababli Hisob palatasi “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yig‘im to‘lashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir:
“UzAuto” yuqori talab tufayli uchta modelning ishlab chiqarish hajmini oshirdi
“UzAuto Motors” Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga shikoyat kiritdi