Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi faxriysini Raketa kuchlari kuni bilan tabrikladi. Bu haqda MIR 24 telekanali xabar berdi.

Foto: MIR 24

108 yoshni qarshilagan Rashid Karimov Stalingrad janglari va Berlinga hujum qilishda ishtirok etgan. Urush qatnashchisiga “G‘alabaning 75 yilligi” esdalik medali, tort va gullarni topshirishdi.

“Artilleriyachi urush qatnashchisini Raketa kuchlari kuni bilan tabriklash men uchun katta sharaf. Eng qizig‘i, urush voqealari haqida televizor va kitoblardan emas, haqiqiy afsona, tirik inson bilan suhbatlashib bilib oldim”, — deya ta’kidlagan 201-harbiy baza artilleriya batareyasi komandiri Dmitriy Nemechkin.

Rashid Karimov 1945-yilning oxirida jonajon qishlog‘iga qaytib borib, uzoq yillar davomida tarix o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida yangi o‘tkazish punktI ochildi
Jirinovskiy Tojikiston va Armaniston Rossiya tarkibiga kirishi kerakligini aytdi
Tolibon tojik-afgʻon chegarasiga yaqin hududga hujum uyushtirdi