Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho‘rtan” gaz kondensat konidagi 381-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 2726–2950 metr oralig‘iga filtr tushirildi.

Foto: Trend

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burg‘ilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu quduq “O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yilda o‘z kuchi bilan burg‘ilab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Sho‘rtan” gaz kondensat koni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan bo‘lib, 1980-yilda ishga tushirilgan.

Mavzuga doir:
Buxorodagi yangi quduqdan kunlik 150 ming kub metr tabiiy gaz olindi
Qashqadaryodagi “Somontepa” konida yangi burg‘ilangan quduqdan gaz oqimi olindi
Mo‘ynoqda 173 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan quduq ochildi