Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “GM” motor zavodi oldida “Isuzu” va “Matiz” to‘qnashib ketib, ikkalasi ham yonib ketganiga oid xabar tafsilotlari ma’lum qilindi.

Foto: Skrinshot

Ma’lum qilinishicha, bugun, 18-noyabr kuni taxminan soat 09:30 da Sergeli tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li va Qumariq ko‘chasi kesishmasida ikkita avtomobil to‘qnashuvi ro‘y berdi.

Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Matiz” haydovchisi 39 yoshli Hamidulla M. svetoforning ruxsat beruvchi belgisida chorrahaga chiqqanida, avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan va svetoforning sariq chirog‘ida harakatlangan 49 yoshli Olimjon D.ning “Matiz” rusumli avtomobiliga to‘qnashgan.

Shundan so‘ng Hamidulla M. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 22 yoshli Nikita S. boshqaruvidagi ShK “Anglesey Food”ga tegishli bo‘lgan “Isuzu” avtofurgoniga to‘qnashgan. To‘qnashuvda zarba gaz balloniga to‘g‘ri kelganligi sababli, yong‘in yuzaga kelgan.

Toshkent shahar IIBB xabarida sodir bo‘lgan YTHda jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Mavzuga doir:
Toshkentda 3 ta “Malibu” avtomobili to‘qnashdi
Toshkentda ustaxonada qoldirilgan “Opel Vectra” avtomobili yonib ketdi
O‘z xotiniga axlat yedirgan er ustidan jinoyat ishi ochildi