Rossiyaning ma’lumotlari tufayli uning MDHdagi sheriklari 2020-yilda 40 dan ortiq terrorchilar va ularning sheriklarini hibsga olishdi, dedi Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

Foto: RIA novosti

Rossiya tomonidan xorijiy sheriklarga taqdim etilgan materiallar asosida xalqaro terroristik tashkilotlarning 40 dan ortiq a’zolari va sheriklari hibsga olingan”, – dedi Patrushev bugun MDH davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari yig’ilishining ochilishida.

Uning so’zlari RF Xavfsizlik Kengashi apparati matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

“Qabul qilingan ma’lumotlarga asoslanib, terroristik faoliyatga aloqador 950 dan ortiq chet elliklarga mamlakatimizga kirish taqiqlandi”, – deb qo’shimcha qilgan Patrushev.

Ushbu uchrashuv videokonferensiya shaklida o’tkazildi.

Mavzuga doir:
Rossiyalik tinchlikparvar kuchlarning yana bir guruhi Qorabog’ga yetib keldi
Rossiyaning Tver viloyatida migrantlar uchun patent narxi oshiriladi