Qoʻshni Qozogʻiston respublikasining Aqtau shahri yaqinida joylashgan Qorako’l koʻliga issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan flamingo qushlari qoʻndi. 

Foto: Rubryka

Qorako’l koʻli “Karagiye-Karakol” tabiat qoʻriqxonasi tarkibiga kiradi va qushlar migratsiya yoʻlida joylashgan. Yil davomida ushbu koʻlda 90 ga yaqin qushlar toʻxtab oʻtadi. Ular orasida laylaklar, burgutlar va boshqa qushlar bor.

Uzoq mamlakatlarga uchib ketayotgan yoki uchib kelayotgan qushlar ushbu koʻl boʻyida toʻxtab, suv ichib dam olib yana yoʻllarini davom ettirishadi.

Bu safar ham pushtirang flamingolar Tengiz va Korgaljin koʻllaridan uchib kelgan. Karaoldan soʻng ushbu sayohatchi qushlar Turkmaniston hududida joylashgan Xazar qoʻriqxonasi tomon yoʻl olishadi. Undan soʻng esa Eron tomonga uchib ketishadi. 

Mavzuga doir:
O‘zbekiston va Qozog’iston suv toshqinidan zarar ko‘rgan chegara postlarini tiklamoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida “E-TIR” pilot loyihasi ishga tushirilmoqda