AQSh Prezidenti Donald Tramp shtabining Filadelfiyada kuzatuvchilarning ovozlarni sanash jarayonini kuzatish imkoniyati cheklanganligi haqidagi da’vosi inobatga olinmadi. Pensilvaniya Oliy sudi da’voni rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Biz ushbu hujjatda qo‘llanilgan komissiya qoidalari oqilona bo‘lgan deb hisoblaymiz”, – deyilgan sud hujjatida.

Ta’kidlanishicha, ushbu qoidalar nomzodlar vakillariga komissiya o‘z faoliyatini saylov kodeksiga muvofiq qanday amalga oshirayotganini nazorat qilish imkoniyatini berdi.

Ma’lumot uchun, AQSh Respublikachilar partiyasi Pensilvaniya shtatida kechikib kelib tushgan 10 mingga yaqin byulletenlarni bekor qilishni talab qilib sudga murojaat qilgan. Biroq, AQSh Uchinchi Apellyatsiya sudi da’voni rad etdi.

Mavzuga doir:
Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida g’olib chiqqanini aytdi
Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olmasligini aytdi

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘alaba qozondi. Amerikadagi yirik OAV uning g‘alabasini e’lon qildi.

Lekin AQShning amaldagi prezidenti, respublikachi Donald Tramp saylovlar hali tugamaganligini, o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini bildirdi.