Koronavirusdan sog’ayganlarda immunitet sakkiz oy yoki undan ko’p davomida saqlanib qolishi mumkin. Tegishli tadqiqot xulosalari bioRxiv portalida e’lon qilindi.

Foto: Google

Qo’shma Shtatlardagi La-Xoyi Immunologiya Instituti mutaxassislari pandemiya boshlanishida COVID-19 bilan yengil shaklda kasallangan 19 yoshdan 81 yoshgacha bo’lgan 185 bemordan bir necha marta qon namunalarini olishgan.

Ular immunitet tizimining to’rt tarkibiy qismini tahlil qildilar: antitanachalar, kerak bo’lganda ko’proq antitanachalar ishlab chiqaradigan B-hujayralari va T-hujayralarining ikki turi.

Dastlabki ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, antitanachalar inson organizmida saqlanishi aniqlanib, infeksiyadan olti-sakkiz oy o’tgach ham biroz pasaygan holos. Shu bilan birga, T-hujayralari tanada ozgina sekin parchalanishni ko’rsatgan, B-hujayralari esa to’satdan ko’payib ketgan.

Olimlarning aytishicha, bu immunitet reaksiyasini bunday to’liq va har tomonlama baholashga imkon bergan birinchi tadqiqotdir. Ularga ko’ra, bemorlarda qonda antitanachalar topilmasa ham, B-hujayralari immunitet xotirasini saqlab qoladi va bu tanaga bir necha yil davomida koronavirusni “tanib olish” imkonini beradi.

Avvalroq, AQSh va Kanadadan kelgan immunologlar koronavirusga qarshi antitanachalar odam aniq belgilari bilan COVID-19 bilan kasallanganidan keyin kamida uch oy davomida saqlanib qolishini aniqlay olishgan.

Mavzuga doir:
Koronavirusda og’iz chayish foydali ekanligi aniqlandi
Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan insonlar toifasi ma’lum bo’ldi
Koronavirusning yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – olimlar