Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida yangi chegara oʻtkazish punkti ochildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Dunyo

Yangi chegara oʻtkazish punktiga bevosita u joylashgan aholi yashash punkti nomi sharafiga “Sadjidzor” deya nom berildi. Ushbu toponim tarjimada “jiydaga boy joy” maʼnosini anglatadi.

Ushbu punkt Soʻgʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzod va Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodlar tomonidan tantanali ravishda ochilgan.

Yangi oʻtkazish punkti qurilish ishlari uch yil oldin Soʻgʻd viloyati budjeti hisobidan boshlangan.

Bu yerda barcha zarur infratuzilma: kazarmalar, oʻquv joylari, oshxonalar, harbiy texnika omborlar mavjud.

Taʼkidlash joizki, ikkala respublika oʻrtasida 20 oʻtkazish punktlari mavjud boʻlib, ularning 16 tasi Soʻgʻd viloyatida joylashgan

Mavzuga doir:
Tolibon tojik-afgʻon chegarasiga yaqin hududga hujum uyushtirdi
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti bilan suhbatlashdi