Xalq ta’limi vazirligi elektron Kundalik platformasi bilan ishlash uchun ajratilgan sinov muddati tugagani ma’lum qildi. Endi elektron Kundalik platformasining boshqa funksiyalaridan foydalanish uchun obuna bo‘lish lozim bo‘ladi.

Foto: Google

Elektron Kundalik platformasiga obuna narxi qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxiga teng — 9200 so‘m. Uch va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud.

Ushbu miqdorni to‘lab, ota-ona va o‘quvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yili davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Elektron to‘lovning ikki yo‘li mavjud: plastik karta hamda “Click” to‘lov tizimi orqali. Elektron kundalik uchun to‘lovni amalga oshirish yo‘riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Kundalik obunasi uchun to‘lovni 30-noyabrdan e’tiboran amalga oshirish mumkin.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 23-noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlanadi. Ota-onalarga o‘zlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini ko‘ra olishlarini tekshirishlari tavsiya etiladi.

Bunda elektron kundalik yordamida ota-onalar ishdan chalg‘imagan holda masofadan turib farzandlarini barcha baholaridan, maktab hayotidan xabardor bo‘lishi, sinf rahbari va boshqa o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, bolada o‘quv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarni o‘z vaqtida yengishga yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Toshkentda OTB bilan hamkorlikda 4 ta maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
O’zbekistonda kelasi yildan boshlab maktablarning reytingi tuziladi