Gollandiyada yuz minglab parrandalar yo‘q qilingandan so‘ng, Daniya va Fransiyada parranda grippi bilan kasallanish qayd etildi, deb xabar berdi Merco Press.

Foto: Kazinform

Fransiyaning Korsika orolida virus aniqlangandan keyin yuzlab tovuqlar yo‘q qilingan va Daniyaliklar mamlakat g‘arbida virus tarqalishini to‘xtatish uchun 25 000 dan ortiq qushlarni o‘ldirilganligini aytishdi.

Fransiya milliy mudofaa parrandalarni yovvoyi qushlardan majburiy ajratishni choralarini buyurdi va Daniya Yevropa Ittifoqi tashqarisiga tovuq tuxumlarini eksport qilishni to‘xtatdi.

Odamlar uchun xavfli bo‘lmagan, ammo qishloq xo‘jaligi uchun zararli bo‘lgan parranda grippining tarqalishi Belgiya, Gollandiya, Irlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan. Shu oy, Gollandiya rasmiylari ushbu virus 200 mingdan ortiq qushlarni yo‘q qilinganini e’lon qilishdi.

So‘nggi yillarda Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismida o‘rdak yetishtiruvchilar parranda grippidan ikki marta azob chekishdi. Yuqtirilgan qushlarni ommaviy qirg‘in qilish natijasida yuz million yevro yo‘qotilgan.

Daniya fermerlarni qushlarini grippdan himoya qilishga chaqirgan.

Eslatb o’tamiz, avvalroq Qozog’istonning to’qqizta hududida parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, parranda grippi tufayli ushbu mamlakatdagi 10 ta qishloq karantinga olingani ham aytilgandi.