Avvalroq, 17-noyabr oqshomida Andijon tumanidagi ulgurji oziq-ovqat bozorida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar bergandik.

Foto: FVV axborot xizmati

Aniqlanishicha, Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylashgan “Yorboshi vodiy savdo” MChJga tegishli bo‘lgan oshxona va savdo do‘konlarining umumiy 692,9 kv/m. qismi yonib, taxminan 1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Asakagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
Gulistonda portlagan kislorod ballonlari bo’yicha jinoyat ishi ochildi