Hisob palatasining Budjetnoma loyihasida 2021-yil soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari borasida bir qator takliflar ilgari surilmoqda.

Foto: Google

Qayd etilishicha, 2021-yil uchun soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish doirasida loyihada qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va uning hisoblab chiqarilishi va to‘lanishidan bo‘yin tovlash holatlarini oldini olish maqsadida, quyidagilar hisobiga tushum hajmidan qat’iy nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar toifasi kengaytirilmoqda:

  • alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari;
  • bozorlar va savdo komplekslari;
  • sug‘oriladigan yer maydoni 30 gektardan ortiq bo‘lgan fermer xo‘jaliklari.

Soliq kodeksi bilan berilgan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (budjetdan moliyalashtiriladiganlar bundan mustasno), shuningdek sport inshootlari ommaviy-madaniy tadbirlar tashkil qilishdan daromadlar qismida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz bekor qilinmoqda.

Mavzuga doir:
Qozog‘istonda hashamat uchun soliq joriy etish taklif qilindi
Paxta terim pulidan soliq olinmaydi – Adliya vazirligi