O‘tgan yilning 1-iyulidan beri yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqida videoyozuv yuborgan o‘zbekistonliklarga 1,4 mlrd so‘m to‘langan. Bu haqda E-jarima axborot servisi orqali ko‘rishimiz mumkin.

Foto: O’zA

“dyhxx.ejarima.uz” maxsus saytining faoliyati davomida 14 816 nafar fuqaro 187 175 ta qoidabuzarlikni yuborgan. Mazkur qoidabuzarliklar bo‘yicha 60 229 mlrd. so‘m jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, qoidabuzarlik qayd etilgan videoyozuv uchun mukofot puli BHMning 5 foizini (11 150 so‘m) tashkil qiladi.

Avvalroq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtirilishi haqida ma’lum qilgandik.

Mavzuga doir:
Toshkentda “Lacetti” haydovchisiga 10 oy mobaynida 35 mln. so‘mdan ko‘proq jarima belgilandi
Jizzaxda “Howo” yuk mashinasi yonib ketdi