Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Mahallalarda yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilyapti. Bu haqda O’zA yozmoqda.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Qayd etilishicha, “Saribozorcha” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi bunyod etilgan 29-umumta’lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Unda viloyat rahbari ishtirok etib, barchani yangi bilim maskani bilan tabrikladi.

Mazkur maktab “Mirzaqurbon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 5 milliard so‘mlikdan ortiq mablag‘ evaziga qurildi. Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy bilim o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Mavzuga doir:
Farg‘onada maqom maktabi tashkil etildi
Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi