Bugun, 17-noyabr kuni AOKAda Xalq ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Sarvarbek Sa’dullayev tizimda Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar faoliyatini tashkil etish borasida brifing o‘tkazdi.

Foto: RIA Novosti

Brifingda hozirda Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 4 ta va Toshkent viloyatida 12 ta davlat umumta’lim maktablari tashkil etilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, tegishli qaror loyihasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga ishlanayotgani ma’lum qilindi.

– Davlat-xususiy sheriklik ikki tomon, ya’ni davlat va xususiy sektorning imkoniyatlarini birlashtirgan holda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topish uchun moddiy resurslarning birlashtirilishi hamda loyiha bo‘yicha xavf-xatarlarni tomonlar o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutiladi.

Xalq ta’limi sohasini olib qaraydigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda, davlat balansidagi foydalanilmasdan turgan yoki samaradorligi past bo‘lgan ob’ektlar tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanish yoki boshqarish uchun topshiriladi. Qo‘shimcha ish o‘rinlari, zamonaviy infratuzilma hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida davlat infratuzilmalari tashkil etilishi mumkin, – dedi Sarvarbek Sadullayev.

Shuningdek, vazirlik davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan nodavlat umumta’lim muassasalarining olayotgan moliyaviy daromadlariga hamda foydasiga aralashmasligi va sherik bo‘lmasligi ta’kidlandi.

– Aksincha, tadbirkorlik sub’ektlariga ma’lum miqdordagi o‘quvchilarni bepul o‘qitish kabi ijtimoiy majburiyatlar yuklatiladi, – dedi vazirlik vakili.

Mavzuga doir:
OTB O‘zbekistonga 200 mln. dollar qarz berishni ma’qulladi
Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsishi joriy yilda sekinlashadi – OTB