Avvalroq, bugungi kunda koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy statistikasidada esa bu ko‘rsatkich 2123 nafar ekani haqida xabar bergandik.

SSV sog'liqni saqlash vazirligi
Foto: Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur ma’lumotlar yuzasidan tushuntirish berdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘rsatilgan 6570 nafar bemor orasida o‘tkir respirator kasalliklari, koronavirusga gumon qilingan va og‘ir turdagi pnevmoniya, shuningdek, virus tasdiqlanmagan bemorlar ham bor. 

“Koronavirus bilan bog‘liq statistikaga faqat maxsus laborator tibbiy tekshiruvlar orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi. 

Kasallikning ayrim simptomlari mavjud bo‘lib, kasallik gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, koronavirus bilan bog‘liq umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi.

Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan va yurtimizning qator hududlarida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bunday bemorlar ham statsionar sharoitda davolanishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular shunday maskanlarda davolanishmoqda”, – deyiladi izohda.

Izohga ko’ra, kasallik tasdiqlansa, ular darhol rasmiy statistikaga kiritiladi va yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yo‘naltiriladi. 

“Shuning uchun koronavirus tasdiqlanmagan, lekin boshqa kasalliklardan davolanayotgan bemorlar ham juda ko‘p. Shularning hisobiga shifoxonalardagi bemorlar soni koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning vazirlik e’lon qilayotgan rasmiy miqdoridan farqli ekanini ko‘rish mumkin”, – deya qo’shimcha qilgan vazirlik.

Mavzuga doir:
1-dekabrdan Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi tashkil etiladi
Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqiladi