Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Somontepa” gaz kondensat konidagi 129-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, quduqqa 2349–2469 metr oralig‘ida filtr tushirildi. “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati bu haqda xabar berdi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, o‘rtacha kunlik 80 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduqning ustini jihozlash hamda uni gaz kollektoriga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir:
Mo‘ynoqda 173 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan quduq ochildi
Buxorodagi qayta ta’mirlangan quduqdan tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi
“O‘zbekneftgaz” dastlabki 9 oyda qancha avtobenzin ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi