Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,3 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mingtaga oshdi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:
- Bino va inshootlar qurish – 23 ming 427 ta;
- Fuqarolik obektlarini qurish – 3 ming 785 ta;
- Ixtisoslashtirilgan qurilish – 13 ming 133 ta.
Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:
- Toshkent shahri – 7 697 ta;
- Toshkent viloyati – 3 506 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 3 270 ta;
- Farg‘ona viloyati – 3 174 ta.
Eslatib o’tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi 10 oyda salkam 72 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani xabar berilgandi.