Bugun, 17-noyabr coat 14:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 509 (+65) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 7 nafar;
  • Toshkent viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent shahrida 46 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Yurtimizda 67 734 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.