12-17 noyabr kunlari Guliston shahrida Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida Qozog‘iston va O‘zbekiston Hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: FVV axborot xizmati

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, komissiya O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan Mang‘istau viloyatidagi Qozog‘iston Respublikasi hududidagi davlat chegarasini belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirgan.

Komissiya a’zolari 2020-yil may oyida Sardoba suv ombori to‘g‘onidan zarar ko‘rgan chegara postlarini tiklash maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatining O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari bilan chegaradosh hududidagi davlat chegaralarining ayrim uchastkalarida tadqiqot o‘tkazishgan.

“Muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi. Keyingi uchrashuv 2020-yil dekabr oyida Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi QR TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 1-may kuni kuchli yomg‘ir va kuchli shamol tufayli Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni yorilib, Sardoba tumani va Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi bir nechta qishloqlarni suv bosgandi.

Mavzuga doir:
“Sardoba ishi” bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Sardoba suv ombori tugatilishi mumkin. Qozog‘istonlik ekspertlar suv omborida audit o‘tkazadi