Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi “E-TIR” loyihasini sinov tarzida ishga tushirmoqda.

Foto: Transport vazirligi

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni damda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mazkur loyihaning dastlabki taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Elektron TIR loyihasi – xalqaro “E-TIR” tizimi 1975-yil Jenevada imzolangan “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi” qoidalariga muvofiq milliy bojxona tizimlari o‘rtasida tovar va transport vositalari, konteynerlarning xalqaro tranziti uchun xavfsiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda maishiy texnika eksporti oshdi
Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi