O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Legatum Institute tahlil markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan Legatum Prosperity Index reytingida 97-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekiston ushbu indeksda ijtimoiy kapital (20), sog‘liqni saqlash (43) va xavfsizlik (52) mezonlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarni qayd etgan.

Eng ojiz tomonlari esa ekologik muhit (157), shaxsiy erkinlik (147) va davlat boshqaruvi (136) deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston 10 yil ichida reytingda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan. Respublika 2010-yilda 109-o‘rinni band qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 102-o‘ringa chiqib olgan.

Reytingda yetakchilikni — Daniya (1), Norvegiya (2) va Shveysariya (3) qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda kelasi yildan boshlab maktablarning reytingi tuziladi
Oʻzbekiston pul yuvish indeksida 141 ta davlat ichida 43 oʻrinni egalladi

Ushbu reytingda mamlakatlar 9 mezon bo‘yicha taqqoslanadi. Bular — iqtisodiy rivojlanish darajasi, biznes muhiti, davlat boshqaruvi samaradorligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va shaxsiy erkinlik, ijtimoiy kapital va ekologik muhitni rivojlantirish.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyunida pezidentning mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha farmoni qabul qilingan.