Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novostiga tayanib Sputnik. 

Foto: Sputnik

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10 yilga moʻljallangan nominali dollarda koʻrsatilgan yevrobondlar  chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qogʻozlarni bozorga chiqarishda Oʻzbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjer va bukranner sifatida yordam berishadi.

Banklar 17-noyabr kuni investorlar bilan xalqaro videoqoʻngʻiroq qilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qoʻngʻiroqlar qilish ham rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Oʻzbekiston potentsial investorlar bilan milliy valyutada (soʻm) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan. 

Eslatib oʻtimiz, 2019-yilning boshida Oʻzbekiston qiymati 1 milliard AQSh dollari boʻlgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan.

Mavzuga doir:
O‘zbekistondagi “Coca-cola” kompaniyasining davlat ulushi xususiy investorga sotiladi
Turkiyalik investor G’uzorda elektron tarozilar ishlab chiqarish zavodini qurmoqchi