Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Izvestiya

2020-yil 7-noyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, shu kuni kechasi noma’lum shaxs Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi dala maydonidan narxi 14 000 000 so‘mlik 2 bosh molini o‘g‘irlab ketgan.

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Namanganda yangi tug‘ilgan chaqalog’ini salkam 2 mln. so’mga sotib yuborgan ayol ushlandi
Namanganda haydovchi YPX inspektoriga pora berish vaqtida qo’lga tushdi