Asoratlari xavfi yetarli darajada past deb baholanadigan – koronavirusning yengil shakli ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Daily Mail Buyuk Britaniya olimlarining xulosalariga tayanib.

Foto: RIA Novosti

Koronavirusning yengil shakli bilan kasallangan 200 dan ortiq bemor ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki: bemorlarda kasallik alomatlari uzoq vaqt saqlanib, deyarli 70 foiz kishida bir yoki bir nechta organlariga zarar yetkazdi.

Koʻpincha oʻpka, yurak va oshqozon osti bezi – xavf ostida. Shuningdek, virus buyrak, jigar va qorajigarda asoratlarni keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, hatto infeksiyaga chalingandan soʻng bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, odamlar nafas qisilishi, mushak spazmlari va bosh ogʻrigʻidan shikoyat qildilar.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina yakka tartibda pandemiyani toʻxtata olmaydi deb aytgandi.

“COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtdan vaksina pandemiyani nazorat qilish uchun zarur boʻlishini bilgan edik. Ammo u qolgan instrumentlarni toʻldirishini, aslo ularning oʻrnini bosmasligini bilish muhim”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
JSST koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishni boshlash vaqtini ma’lum qildi
Pandemiya davrida sayohatga chiqish tavsiya etilmaydi – JSST