2021-yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizgacha bo‘lgan qismini emlash rejalashtirilmoqda.

Foto: Google

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “COVID-19 pandemiyasi: zamonaviy ilm-fanga chaqiriq” mavzusidagi virtual simpoziumda ma’lum qildi.

Botirjon Qurbonov ayni paytda mamlakatda koronavirusga qarshi emlashni tashkillashtirish bo‘yicha qator choralar amalga oshirilmoqda.

“Biz COVID-19’ga qarshi vaksinani ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha xalqaro COVAX mexanizmiga qo‘shildik. Dastlab aholining 10 foizi uchun COVAX’dan vaksina olamiz, keyin yilning ikkinchi yarmida, iyungacha yana 5 millionta vaksina olamiz”, – degan Botirjon Qurbonov.

Bundan tashqari, vaksinalarni sotib olishni tashkillashtiruvchi xususiy strukturalar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

“Hozir butun dunyoda kim birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkazishini, ikkinchi navbatda kim o‘z vaksinalarini sotishni boshlashini kutyapmiz. Olishimiz bilan aholini emlashni boshlaymiz” – degan ma’sul rahbar.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 5 mingta xitoy vaksinasining klinik sinovlar bo‘yicha uchinchi bosqichi boshlanish arafasida turibdi.

Mavzuga doir:
JSST koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishni boshlash vaqtini ma’lum qildi
Koronavirusni to‘liq mag‘lub etish uchun vaksina yetarli emas – JSST
Eron koronavirusga qarshi ikki xil vaksinani odamlarda sinashni boshladi