Endilikda Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomani uydan turib olish imkoniyati yaratildi, deya xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati.

Foto: Google

Buning uchun Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Shundan so‘ng “Ma’lumotnomalar” bo‘limidan “Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish” xizmatini topib, mehnat faoliyatini yuritgan davringiz haqidagi ma’lumotlar asosida so‘rovnomani to‘ldirishingiz hamda yuborish tugmasini bosishingiz zarur.

Qayd etilishicha, ushbu davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.

  • So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kuni;
  • Ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiriladi hamda YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

Avvalroq, Yagona portal orqali doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki 17-forma ma’lumotnomasini Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilmasdan olish imkoniyati yaratilgandi.

Mavzuga doir:
Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklarning 600 ming dollar haqlari undirib berildi
Rossiyada o’rtacha ish haqining o’sishi kutilmoqda