Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ma’lum qildi.

Foto: Google

– Bu kredit mablag‘lari hisobiga bugungi kunga kelib 158 ming hunarmand-shogirdlarimiz bandligi ta’minlandi.

100 mln. dollar jalb qilinishi evaziga 28 000 ta, ya’ni qariyb 891 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshirildi. Hududlar kesimida olib qaraganda ham, masalan Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida ham loyihalar soni va qiymati oldingi yillarga nisbatan oshgan, – dedi Ulug‘bek Abdullayev.

Kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish, xom ashyoga yo‘naltirilgan.

Sal avval hunarmand-shogirdlarga QR-kodli maxsus guvohnoma berilishi haqida xabar bergandik. Shuningdek, hunarmandlarga faqat 5 tagacha shogirdni jalb qilish cheklovi bekor qilinishi ham aytilgandi.