Chorva ozuqasi narxlari ham yil boshiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarda qimmatlagan. Bu haqda Markaziy bankning 2020-yil yanvar-oktabr oylari oralig‘ida hududlarda asosiy tovar va xizmatlar inflyatsiyasi haqidagi ma’lumotnomasida ma’lum qilindi.

Foto: Food / Mood

Joriy yilning dastlabki 10 oyida go‘sht mahsulotlari narxi respublika bo‘yicha o‘rtacha 15 foizga, shundan, mol go‘shti 18,2 foizga va qo‘y go‘shti 22,1 foizga qimmatlashgan.

Qayd etilishicha, bunda, avgust oyining ikkinchi yarmidan karantin cheklovlarining yumshatilishi natijasida kechikkan talabning yuzaga chiqishi (umumiy ovqatlanish sohasi faoliyatining tiklanishi hamda aholi orasida to‘y va boshqa marosimlar o‘tkazilishiga ruxsat berilishi) hamda chorva ozuqasi narxining qimmatlashishi ushbu mahsulotlar narxlariga oshiruvchi bosimni yuzaga keltirdi.

Shuningdek, joriy yil oktyabr oyida birja savdolariga qo‘yilgan sheluxa yil boshiga nisbatan 36,5 foizga (1612 so‘mdan 2200 so‘mgacha), paxta shroti narxi esa 16,4 foizga (2750 so‘mdan 3200 so‘mgacha) qimmatlashdi.

“Go‘sht mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirishda asosiy e’tibor go‘sht taklifini oshirish, xususan, yirik chorvachilik fermalarini tashkil etish, chorva ozuqasini arzonlashtirish hamda go‘sht mahsulotlari importida raqobat sharoitlarini yaxshilash va xarajatlarni kamaytirishga qaratilishi lozim”, – deyiladi Markaziy bank ma’lumotnomasida.

Mavzuga doir:
Aholi tomonidan dollar sotib olish uch baravarga oshdi
Respublikada eng yuqori inflyatsiya qaysi hududda kuzatilgani ma’lum qilindi
O’zbekistonda dollar va yevroning rasmiy kursi yuqoriladi