Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani. Unda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodi ma’qullangani haqida xabar bergan edik.

Foto: Senat

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli 2020-yil 16-noyabrdagi PF-6111-son Farmoni bilan Maqsudov Alisher Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi”, – deyiladi qo’mita xabarida.

Alisher Maqsudov shu kunga qadar “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Nomzod mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid barcha ishlarni parlament bilan yaqin hamkorlikda olib borishini aytib o‘tgan edi.

Ushbu lavozimda shu kunga qadar Namangan viloyatiga hokim etib tayinlangan Shavkatjon Abdurazzaqov ishlab kelayotgan edi.