“O‘zbekneftgaz” AJning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “G‘arbiy Tegirmon” gaz kondensat konidagi 7 OE-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 2363–2366, 2353–2357, 2348–2351 va 2335–2339 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi.

Foto: “O`zbekneftgaz” axborot xizmati

Natijada, quduqdan kunlik 150 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Burg‘ilash ishlari “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ tomonidan amalga oshirildi. Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu quduq “O‘zbekneftgaz” AJning 2020-yilda o‘z kuchi bilan burg‘ilab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “G‘arbiy Tegirmon” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan bo‘lib, 2019-yil ishga tushirilgan.

Mavzuga doir:
Qashqadaryodagi “Somontepa” konida yangi burg‘ilangan quduqdan gaz oqimi olindi
Mo‘ynoqda 173 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan quduq ochildi