Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, bu avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 mln. dollarga oshgan.

Foto: Google

Ushbu davrda jismoniy shaxslar tomonidan banklarda sotib olingan valyuta hajmi esa 3,3 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshdi. O‘tgan yilning mos davrida bu raqam 1,2 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Bunda ushbu mablag‘larning 79 foizi aholi tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd ko‘rinishda hamda 21 foizi yoki 687 mln. dollari muqobil tartibda (onlayn konversiya, avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari va hokazo) xarid qilingan.

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 350 mln. dollarga yetgan.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda dollarning rasmiy kursi yuqoriladi
Tijorat banklarida dollar sotish va sotib olish narxi qimmatladi