Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Harakat va birdamlik partiyasi yetakchisi Mayya Sanduni Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g’alaba qozongani bilan tabrikladi.

Foto: RIA Novosti

Kecha Moldovada prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Respublika fuqarolari keyingi to’rt yilga davlat rahbarini saylashdi. Sanduning raqibi ikkinchi muddatga saylanadigan Igor Dodon edi.

Saylov uchastkalaridan olingan bayonnomalarning 99,35 foizi qayta ishlangandan keyin Sandu 57,42 foiz ovoz, uning raqibi – amaldagi prezident Igor Dodon 42,58 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘lgan. 

“Mayya Sandani Moldovadagi prezidentlik saylovlaridagi g’alabasi bilan tabriklayman. Men xalqlarimizning Yevropa kelajagi uchun Ukraina va Moldova o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga umid qilaman”, – deb yozgan Ukraina rahbari o’z Twitter sahifasida.

Shu tariqa Sandu 4 yil avvalgi mag‘lubiyat uchun Dodondan revansh olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda Dodon Sandudan 4 foizlik farq bilan g‘alaba qozongandi.

Amaldagi prezident Igor Dodon hozircha o‘z mag‘lubiyatini tan olgani yo’q. U mamlakatning oliy rahbariyati yig‘ilishidan keyin 16-noyabr soat 11:00 da brifing o‘tkazishga va’da bergan.