Viloyat hokimligining oshxonasida yosh kelin-kuyovlar o‘z nikoh to‘ylarini o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev qashqadaryolik yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Foto: Nasaf news

Zoyir Mirzayevning Qarshi shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkillashtirilgan uchrashuvdagi suhbatda ta’kidlashicha, hududdagi bilimli, iqtidorli, har taraflama tengqurlariga o‘rnak bo‘la oladigan yigit-qizlarning nikoh to‘ylarini viloyat hokimligining oshxonasida o‘tkazishlari mumkin.

“Bu to‘y marosimlari, albatta, karantin qoilalariga amal qilgan holda bo‘lib o‘tadi. Mazkur joydan foydalanganlik uchun hech qanday to‘lov talab qilinmaydi. Kerak bo‘lsa, san’atkorlarni ham o‘zimiz taklif etamiz.

Shu o‘rinda, kimlarning to‘y marosimlari u yerda bo‘lib o‘tishi haqida ro‘yxatni viloyat yoshlar ishlari agentligi raisi shakllantirsa yaxshi bo‘lardi”, – dedi Zoyir Mirzayev.

Mavzuga doir:
Qashqadaryodagi tijorat banklari prokuratura nazoratiga olinadi
Zoir Mirzayev o‘rta maxsus bilim yurtlariga kirish kvotalarini oshirishni taklif qildi