Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan bir necha yuz kishi Yerevan markazidagi Opera teatriga yig’ildi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.

Foto: RIA Novosti

Namoyishchilar tinch. Maydonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham bor, Ichki ishlar vazirligining maxsus kuchlari va og’ir texnikada xavfsizlik xizmati xodimlari yo’q.

Armaniston poytaxtida o’tgan haftadan beri Tog’li Qorabog’da sulh imzolanganidan keyin muxolifatning norozilik harakatlari bo’lib o’tmoqda.

Respublika maxsus tergov xizmati “Qonunda belgilangan tartibni buzgan holda yig’ilish tashkil etish va o’tkazish” moddasi bilan jinoiy ish qo’zg’atdi, unga ko’ra, eng yuqori sanksiya ikki oyga qamoqqa olishni nazarda tutiladii.

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27-sentabrda boshlangandi. Ozarbayjon va Armaniston sulh to‘g‘risida kelishib olishga bir necha bor urinishgan. Ammo har safar tomonlar bir-birini sulh bitimini buzishda ayblab kelishayotgandi.

Avvalroq Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog’da o’t ochishni to’xtatish to’g’risida qo’shma bayonot qabul qilishgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan keltirilgan bayonotga ko’ra, 10-noyabrda Tog’li Qorabog’da to’liq sulh boshlanadi, Ozarbayjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida to’xtaydi, shuningdek, harbiy asirlarni almashtirishlari lozim bo’ladi.