“Yuksalish” umummilliy harakati majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

kadastr yer ajratish
Foto: Google

Unda parlament yuqori palatasining to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Dastlab “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni muhokama qilindi.

Mazkur qonun bilan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda.

O‘z o‘rnida, kiritilayotgan normaga asosan, yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bo‘lgan taqdirda yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Shuningdek, yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilanmoqda. Yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha vakolatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, tuman, shahar, viloyat hokimlarining qarori yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yoxud undan foydalanish huquqini faqat to‘rt holatda tugatish amalga oshirilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga doir:
Antarktida ustida Yer uchun ulkan xavf yetilib kelmoqda – olimlar
Orolbo‘yida yerlarning unumdorligini oshirish va zamonaviy iqlim o‘zgarishlarini kuzatish markazi tashkil etiladi