AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g’olib bo’lganini aytdi, Twitter esa uning xabarini “rasmiy manbalarga zid” deb belgilab qo’ydi.

Foto: Google

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden “saylovlar soxtalashtirilganligi sababli g’alaba qozonganini” aytgandi. Keyinchalik u saylovlarda mag’lubiyatini tan olmasligini aytdi, Bayden, uning so’zlariga ko’ra, faqat “yolg’on ommaviy axborot vositalari” ko’z o’ngida g’alaba qozongan.

“Men saylovda g’olib bo’ldim!” – deb yozdi prezident Twitter’da.

Uning xabarida “rasmiy manbalar ushbu saylovning boshqa natijalari to’g’risida xabar berishadi” deb belgilangan.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘alaba qozondi. Amerikadagi yirik OAV uning g‘alabasini e’lon qildi.

Lekin AQShning amaldagi prezidenti, respublikachi Donald Tramp saylovlar hali tugamaganligini, o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini bildirdi.