Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida MOQ Bosh assambleya yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.

Ushbu yig‘ilishda ayni paytda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherzod Rixsibayevich Toshmatov MOQda vitse-prezident lavozimiga saylandi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Toshmatov uzoq yillardan buyon sport sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.

U o‘z vaqtida O‘zbekiston boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ham ko‘plab yutuqlarga erishgan. Hususan, Rio Olimpiadasida bokschilarimizning muvaffaqiyati ham ushbu inson bilan bog‘liq. O‘sha vaqtda charm qo‘lqop ustalari Olimpiadada 7 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.

Toshmatov bugungi kunda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasidan tashqari, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasida ham rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga doir:
Hayot Inog‘omov Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi
Anvarjon Tojimirzayev yangi tashkil etilgan Davlatobod tumani hokimi etib tayinlandi