Nafas olish gimnastikasi va maxsus mashqlar yordamida koronavirus infeksiyasidan soʻng oʻpkaning tiklanishini tezlashtirish mumkin, dedi allergolog va immunolog Yevgeniya Parshina.

Foto: Medical Xpress

Uning soʻzlariga koʻra, mashqlarni kuniga bir necha marta bajarish kerak.

“Nafas olish gimnastikasini oʻtirgan va yotgan holatda bajarish mumkin. Shuningdek, mashgʻulotlar tonusni saqlashga yordam beradi”, – deb tushuntirdi Parshina “Argumentы va faktы” nashriga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, bemorlar gelioks (yuqori haroratgacha qizdirilgan geliy-kislorod aralashmasi. – tahr.) bilan ingalyatsiya qilish mumkin, deya xulosa qilgan mutaxassis.

Mavzuga doir:
Immunolog koronavirus va ispan grippi o’rtasida qanday umumiylik borligini tushuntirib berdi
Immunolog dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 300 million ekanligini aytdi