Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni kuniga rekord darajada 22 778 taga ko’payib, 1 948 603 nafarga yetdi, dedi jurnalistlarga koronavirus tarqalishiga qarshi tezkor shtab.

Foto: Google

Birinchi marta koronavirus holatlarining kunlik o’sishi 14-noyabr kuni 22 mingdan oshgandi.

Rossiyada so’nggi 24 soat ichida 85 ta mintaqada COVID-19 koronavirus infektsiyasining 22 778 ta tasdiqlangan holati qayd etildi, shu jumladan klinik ko’rinishlarsiz 5640 (24,8%) aniqlandi“, – deyiladi xabarda.

Qo’shimcha qilinishicha, mamlakatda 1 988 603 ta o’sish holatlari qayd etilgan. Uning darajasi 1,2 foizni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir:
Meksikada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi
Yaponiyada ham rekord darajada koronavirusning yangi holatlari qayd etildi

Qo’shma Shtatlarning Jon Xopkins universiteti so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’ylab 53,5 milliondan ortiq odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va 1,3 milliondan ortiq kishi kasallik qurboniga aylangan.