Rossiya harbiy-transport aviatsiyasining ikkita An-124 “Ruslan” samolyoti va 18 Il-76 samolyoti Yerevan aeroportiga tinchlikparvar kuchlar va zirhli mashinalarni yetkazib berdi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.

Foto: RIA Novosti

Tog’li Qorabog’ mojarosi zonasida tinchlikni saqlash operatsiyasida ishtirok etish uchun Armanistonga jo’natilgan 15-tinchlikparvarlik brigadasining uskunalari va shaxsiy tarkibi bilan Rossiyaning Aerokosmik kuchlari harbiy transport aviatsiyasining yana 18 ta Il-76 samolyoti va ikkita An-124 “Ruslan” samolyoti Yerevan shahrining aerodromlariga kelib tushdi. Rossiyalik harbiylar material, qurol-yarog’ va harbiy texnikani tushirishdi“, – deyiladi bayonotda.

Kun davomida Rossiya aerokosmik kuchlari samolyotlari Armanistonga 58 ta texnikalarni yetkazib berishdi: zirhli transportyorlar, yo’ltanlamas yuk mashinalari, tankerlar va ekskavatorlar.

Mavzuga doir:
Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari Tog’li Qorabog’ga kuzatuv punktlarini to’liq joylashtirdi
Rossiya bir kunda tinchlikparvar kuchlari bilan 20 ta samolyotini Qorabog’ga yubordi

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27-sentabrda boshlangandi. Ozarbayjon va Armaniston sulh to‘g‘risida kelishib olishga bir necha bor urinishgan. Ammo har safar tomonlar bir-birini sulh bitimini buzishda ayblab kelishayotgandi.

Avvalroq Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog’da o’t ochishni to’xtatish to’g’risida qo’shma bayonot qabul qilishgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan keltirilgan bayonotga ko’ra, 10-noyabrda Tog’li Qorabog’da to’liq sulh boshlanadi, Ozarbayjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida to’xtaydi, shuningdek, harbiy asirlarni almashtirishlari lozim bo’ladi.

Ushbu bayonot imzolanishi ortidan Armaniston poytaxtida norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlanib ketdi. Tinchlik haqidagi kelishuvga qarshi bo‘lganlar mamlakat hukumat binosini egallab oldi. Armaniston parlamenti spikeri namoyishlar paytida kaltaklandi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bundan boshqa iloji yo‘qligini ma’lum qildi. U Yerevandagi tartibsizliklar ishtirokchilarini javobgarlikka tortishga va’da bergan.

Kuni kecha Yerevandagi namoyishchilar Boku bilan tinchlik shartnomasini imzolagan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga ultimatum qo’yishgan edi. Namoyishchilar unga yarim tungacha o’z ixtiyori bilan iste’foga chiqishga ruxsat berishganini xabar bergandik.

Keyinchalik muxolifat ovozlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli parlament orqali Pashinyanning iste’foga chiqishiga erisha olmadi.