Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi 2020-yil birinchi yarmida Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasini uchdan bir qismga kamaytirishga yordam berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi TASS.

Foto: RIA Novosti

“Musibat yordam berdi”, — dedi u Rossiya xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Davlat rahbari, shuningdek, gubernatorlar giyohvandlikka qarshi siyosat uchun shaxsan javobgar ekanligini ta’kidlagan.

“Vakolatli shaxslar uni nazorat ostida ushlab turishi kerak, shuningdek, xususiy narkoreabilitatsiya markazlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti yengil giyohvand moddalarni iste’mol qilishning bezrarligini targ‘ib qilayotganlarni fosh etishni talab qildi.

Shuningdek, u OAV, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi zamonaviy axborot siyosatini kengaytirish zarurligini aytdi.

Putinning ta’kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash milliy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U bu yo‘nalishda qat’iyroq harakat qilishga chaqirmoqda.

“Giyohvand moddalar har yili minglab fuqarolarimizni nogiron qilib, o‘ldiryapti”, — dedi Rossiya rahbari.

Mavzuga doir:
Rossiyaning kuchi nimada? Putin javob berdi
Rossiya va Qozog’iston rahbarlari vaksina ishlab chiqarishni muhokama qilishdi